Volkanovski Topuriyadan revansh olishni xohlaydi
Aleksandr Volkanovski Iliya Topuriya bilan yana bir bor oktagonda to‘qnashishni istashini bildirdi va revansh olish imkoniyati borligiga ishonishini aytdi.

Avstraliyalik jangchi Aleksandr Volkanovski Iliya Topuriya bilan yana bir bor oktagonda to‘qnashishni xohlashini bildirdi. U Topuriyani xavfli va kuchli zarbalarga ega jangchi deb atadi hamda undan revansh olish uchun barcha imkoniyatlari borligiga ishonishini aytdi.
«Men bu jangni xohlayman! Doim dunyoning eng kuchli jangchilariga qarshi o‘zimni sinab ko‘rishni istayman», — deb qo‘shimcha qildi Volkanovski.
Volkanovski 24-oktabrda bo‘lib o‘tgan UFC 333 turnirida Movsar Evloevni ikkinchi raundda TKO usulida mag‘lub etgan. Topuriya 17 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatga ega bo‘lib, UFC yengil vazn toifasida 1-o‘rinda turadi.





