Jastin Getji 28 ta g‘alabasining 21 tasini nokaut bilan qo‘lga kiritgan
Jastin Getji UFCdagi 28 ta g‘alabasining 21 tasini nokaut yoki texnik nokaut bilan qo‘lga kiritgan va 16 ta jangi uchun 17 ta bonus olgan.

UFC yengil vazn toifasining eng xavfli zarbachilaridan biri Jastin Getji karyerasida 28 ta g‘alabaga erishgan. Ulardan 21 tasi nokaut yoki texnik nokaut (KO/TKO) bilan yakunlangan. Bu uning g‘alabalarining 75 foizini tashkil etadi.
Getji UFCda 16 ta jang o‘tkazgan va shu janglari uchun 17 ta bonus olgan. Ya’ni, sportchi janglaridan ko‘proq mukofot ishlab olgan.
Jastin Getji «The Highlight» laqabi bilan tanilgan. Uning jangovar uslubi ko‘plab nokautlari bilan ajralib turadi.
Manba






