Prates va Morales UFC 336da vaqtinchalik kamar uchun to‘qnashishi mumkin
Karlos Prates va mag‘lubiyatsiz Maykl Morales 30-yanvar kuni Torontoda bo‘lishi kutilayotgan UFC 336 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun to‘qnashishi mumkin.

Karlos Prates va mag‘lubiyatsiz Maykl Morales 30-yanvar kuni Torontoda o‘tishi kutilayotgan UFC 336 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun to‘qnashishi mumkin. Ularning o‘rtasidagi ziddiyat allaqachon avj olgan.
Morales Pratesni chekishni tashlashga chaqirgan, braziliyalik jangchi esa uni ikki raund ichida nokaut qilishni va’da bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prates 24 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyatga ega bo‘lib, UFC yengil o‘rta vaznida birinchi o‘rinda turadi. Morales 19 ta jangda mag‘lubiyat ko‘rmagan va reytingda uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Manba







