Bogdan Guskov Robert Uittakerni nokaut qilishni maqsad qilgan
Bogdan Guskov 7-fevralda Sidneyda bo‘lib o‘tadigan jang oldidan sobiq chempion Robert Uittakerni nokaut qilishni niyat qilganini aytdi.

UFC jangchisi Bogdan Guskov O‘zbekiston sharafini himoya qilib, 7-fevralda Sidneyda bo‘lib o‘tadigan yarim og‘ir vazndagi jangi oldidan sobiq chempion Robert Uittakerni nokaut qilishni maqsad qilganini aytdi. U jangni tomoshabop qilishga harakat qilishini va muxlislar aynan shu uchun uni yaxshi ko‘rishini ta’kidladi.
«Maqsadim — raqibimni nokautga uchratish! Robert sobiq chempion va tajribali jangchi. G‘alaba qozonishning bir nechta yo‘li bor, ammo qaysi biri ish berishini oktagonda bilib olamiz», — dedi Guskov.
Guskov UFCda yarim og‘ir vazn toifasida chiqadi, uning rekordi 18-3-0, reytingda 10-o‘rinda turadi. Uittakerning rekordi 28-9-0, reytingda esa 11-o‘rinda.







