UFC

Muhammad Mokaev UFC’ni tanqid qildi

Muhammad Mokaev UFC tomoshaboplik va tijoratga ko‘proq e’tibor berayotganini tanqid qilib, PFL va MVP kelajak ekanini aytdi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Muhammad Mokaev UFC’ni tanqid qildi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Muhammad Mokaev UFC tashkilotini tanqid qildi. Uning fikricha, UFC avvalgidek “eng yaxshilarni eng yaxshilarga qarshi” qo‘yishdan ko‘ra, bugun tomoshaboplik va tijoratga ko‘proq urg‘u bermoqda. Mokaev tijoriy jihatdan bunday qarorlarni tushunish mumkinligini, ammo sport nuqtayi nazaridan bu to‘g‘ri emasligini aytdi.

Mokaev o‘z mag‘lubiyatsiz rekordi haqida ham gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, UFC hech bo‘lmaganda ularning “eng yaxshi jangchilari” bu rekordni sinab ko‘rishi imkonini berishi kerak edi.

Shuningdek, Mokaev PFL kun sayin kuchayib borayotganini ta’kidladi va MVP hamda PFL kelajak ekanini aytdi.

Manba

Sportchilar

Yana o‘qing