Prates: Maxachev stoykada Moralesdan kuchliroq
Karlos Prates Islom Maxachev va Maykl Moralesning jang uslublarini solishtirib, stoykada Maxachev kuchliroq ekanini aytdi.

Braziliyalik UFC jangchisi Karlos Prates Islom Maxachev va Maykl Moralesning jang uslublarini solishtirdi. Uning fikricha, stoykada Maxachev Moralesdan kuchliroq. Prates Moralesni jismonan juda kuchli, ammo zarba berish texnikasi unchalik mukammal emas deb baholadi, u asosan oldinga bostirib borib, raqibini nokaut qilishga intiladi.
Prates Maxachevning stoykadagi texnikasi ancha yuqori ekanini ta’kidladi. U Xavyer Mendesdek kuchli murabbiyga ega va doim takedown xavfini tug‘diradi. Shu sababli Pratesning so‘zicha, Maxachev bilan tik turib jang qilish Moralesga qarshi jang qilishdan qiyinroq bo‘lardi. «Men uchun Morales qulayroq raqib bo‘lardi», — dedi u.
Maxachev hozir UFC yengil o‘rta vazn chempioni va pound-for-pound reytingida birinchi o‘rinda turadi. Uning rekordi 29-1-0. Morales 19-0-0 rekordga ega va UFC yengil o‘rta vazn reytingida uchinchi o‘rinda turadi.







