UFC

Ramazon Temirov Lone’er Kavanagh bilan jangda TOP-5 yo‘lini ochishi mumkin

Ramazon Temirov bugun UFC 333 doirasida Lone’er Kavanagh bilan uchrashadi. G‘alaba unga reytingda eng yuqori o‘rinlarga chiqish imkonini berishi mumkin.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Ramazon Temirov Lone’er Kavanagh bilan jangda TOP-5 yo‘lini ochishi mumkin
Surat: Telegram · @Jangvaqti

UFC 333 doirasida bugun flyveyt vaznida Ramazon Temirov (20–3) Lone’er Kavanagh (10–2) bilan uchrashadi. Reytingda Temirov 7-o‘rinda, Kavanagh esa 6-o‘rinda turadi.

Temirov 12 ta nokaut bilan 12 ta ketma-ket g‘alabaga ega. UFC’da o‘tkazgan uch jangida uchala g‘alabani ham qo‘lga kiritgan. Kavanagh 4 ta nokaut va 1 ta sabmishen bilan tanilgan.

Ikkala jangchi ham Charlz Jonson bilan jang qilgan. Temirov uni mag‘lub etgan, Kavanagh esa unga nokaut bilan yutqazgan. Jonson hozir flyveytda 15-o‘rinda turadi. Temirov uchun bu jang TOP-5 sari yo‘lni ochishi mumkin.

Manba

Sportchilar

Yana o‘qing