Bu hafta: ACA 209, Kanelo Alvares – Mbilli va UFC Fight Night
Bu hafta ACA 209, Kanelo Alvares – Kristian Mbilli va UFC Fight Night janglari bo‘lib o‘tadi.

30-oktabrda Dushanbeda ACA 209 turniri bo‘lib o‘tadi. Asosiy jangda o‘rta vazn toifasida Faridun Odilov va Artem Frolov to‘qnashadi.
31-oktabrda Kanelo Alvares Kristian Mbilliga qarshi ringga chiqadi. Mbilli kuchli zarbalari bilan tanilgan. U BOKS reytingida super o‘rta vazn toifasida ikkinchi o‘rinda turadi va 29 ta g‘alaba, 1 ta durang bilan mag‘lubiyatsiz.
Shu kuni UFC Fight Night turniri ham bo‘lib o‘tadi. Asosiy jangda yengil vazn toifasida Renato Moykano va Tom Nolan to‘qnashadi. Moykano UFC reytingida 8-o‘rinda, Nolan 11-o‘rinda turadi. Nolan ketma-ket besh g‘alaba bilan kelmoqda.
Asosiy kard O‘zbekiston vaqti bilan 1-noyabr soat 05:00 da boshlanishi kutilmoqda.






