UFC Vegas 124: vazn o‘lchash yakunlandi, jang kartlari tasdiqlandi
UFC Vegas 124 turnirida rasmiy vazn o‘lchash marosimi yakunlandi, bugungi asosiy va preliminar kard tasdiqlandi.

UFC Vegas 124 turniri doirasida vazn o‘lchash marosimi yakunlandi, jangchilar tarozidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bugun, 7-noyabr kuni oktagonda asosiy kard va preliminar jang kartidagi to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Asosiy kardda Valdo Kortes-Akosta (118,84 kg) Jonni Uoker (108,4 kg) bilan, Tatyana Suares (52,38 kg) esa Virna Jandiroba (52,61 kg) bilan uchrashadi. Og‘irvazn toifasida Kortes-Akosta UFC reytingida 8-o‘rinda turadi, ayollar strawweight toifasida Jandiroba 2-o‘rinda, Suares esa 3-o‘rinda qayd etilgan.
Kartda Deyvi Grant bilan Elayja Smit, Billi Elekana bilan Lukas Fernandu, Pristsila Kachoyeyra bilan Nina Miloshevich, Mitch Raposo bilan Markos Degli ham ishtirok etadi. Preliminar kardda esa Keyichiro Nakamura — Olli Shmid, Gabriel Lorenso — Tomas Petersen va boshqa janglar rejalashtirilgan.










