Usmon Nurmagomedov Merab Dvalishviliga zarba bergach, turnirdan chetlatildi
Usmon Nurmagomedov intervyu vaqtida Merab Dvalishviliga zarba bergani uchun shanba kungi RAF turnirida ishtirok etmaydi. Janjalga aloqador 8 kishi hibsga olingan.

Usmon Nurmagomedov intervyu vaqtida Merab Dvalishviliga kutilmaganda zarba bergani sababli shanba kuni bo‘lib o‘tadigan RAF turnirida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Janjalga aloqador 8 kishi hibsga olingan.
Merab Dvalishvili UFC bantamvazn toifasida 1-o‘rinda turadi. Uning rekordi 21 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyatdan iborat. So‘nggi jangida, 24-oktabr kuni UFC 333 turnirida, Petr Yandan bir ovozli qaror bilan mag‘lub bo‘lgan.
Usmon Nurmagomedov PFL tashkilotida yengil vazn toifasida chempion hisoblanadi va tashkilotning pound-for-pound reytingida birinchi o‘rinda turadi.
Manba







