Usman Nurmagomedov UFC’ga o‘tishi mumkin
Ayrim manbalarga ko‘ra, Usman Nurmagomedov yakshanba kuni UFC 334 turniri davomida rasman UFC jangchisi sifatida e’lon qilinishi mumkin. Rasmiy tasdiq hali yo‘q.

Ayrim manbalarga ko‘ra, PFL jangchisi Usman Nurmagomedov yakshanba kuni UFC 334 turniri davomida rasman UFC jangchisi sifatida e’lon qilinishi mumkin. Hozircha bu xabar yuzasidan rasmiy tasdiq yo‘q.
UFC 334 turniri 15-noyabr kuni Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Bosh jangda Siril Gan Josh Xokitga qarshi chiqadi, bu unvon uchun jang.
Usman Nurmagomedov PFL’da yengil vazn bo‘yicha chempion hisoblanadi va promotsiyaning pound-for-pound reytingida birinchi o‘rinda turadi. Agar xabar tasdiqlansa, UFC yengil vazn divizionida yana bir jiddiy raqobatchi paydo bo‘ladi.



