Usmon Nurmagomedov UFC debyutini Maurisio Ruffiga qarshi o‘tkazishi mumkin
Tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, Usmon Nurmagomedov UFC 337 turnirida UFC’dagi debyutini braziliyalik Maurisio Ruffiga qarshi o‘tkazishi mumkin.

Tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, mag‘lubiyatsiz rossiyalik jangchi Usmon Nurmagomedov 2027-yil fevral oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan UFC 337 turnirida UFC’dagi ilk jangini o‘tkazishi mumkin. Uning ehtimoliy raqibi braziliyalik nokautchi Maurisio Ruffi bo‘lishi xabar qilinmoqda.
Usmon Nurmagomedov hozirda PFL’da yengil vazn chempioni hisoblanadi va promotsiya bo‘yicha pound-for-pound reytingida birinchi o‘rinda turadi.
Maurisio Ruffi UFC’da yengil vazn bo‘yicha 10-o‘rinda turadi, rekordi 14 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat. Uning so‘nggi jangi 20-sentabr kuni UFC 331 turnirida bo‘lib o‘tgan, unda u Arman Tsarukyanga birinchi raundda, 4:56 da TKO bilan yutqazgan.







