UFC

Valter Uoker akasi Jonni Uoker haqidagi gaplari uchun uzr so‘radi

Valter Uoker akasi Jonni Uokerning xotini va onasi haqidagi bahsli gaplari uchun uzr so‘radi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Valter Uoker akasi Jonni Uoker haqidagi gaplari uchun uzr so‘radi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Braziliyalik jangchi Valter Uoker akasi Jonni Uokerga nisbatan aytgan bahsli gaplari uchun uzr so‘radi. U Jonninig Xitoydagi jangdagi g‘alabasidan keyin bildirgan fikrlariga oydinlik kiritdi.

Valterning so‘zlariga ko‘ra, u Jonni Xitoydagi jangda mag‘lub bo‘lsa, xotini unga xiyonat qilishi mumkinligini aytgan, ammo maqsadi akasini ruhlantirish bo‘lgan. U xotini va onasi haqidagi gaplari uchun omma oldida uzr so‘radi va agar Jonnini xafa qilgan bo‘lsa, kechirim so‘radi.

Jonni Uoker 34 yoshda va og‘ir vazn toifasida UFCda chiqadi. Uning rekordi 23-10-0, reytingda esa 12-o‘rinda turadi. 8-noyabrda UFC Fight Night doirasida Valdo Kortes Akosta ustidan uchinchi raundda TKO bilan g‘alaba qozongan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing