Jonni Uoker Valdo Kortes-Akostani 3-raundda nokautga uchratdi
Jonni Uoker UFC Fight Night turnirida Valdo Kortes-Akostani 3-raundda nokaut bilan mag‘lub etdi.

Braziliyalik Jonni Uoker UFC Fight Night turnirida Dominikan Respublikasi vakili Valdo Kortes-Akostani 3-raundda nokaut bilan mag‘lub etdi.
Kortes-Akosta “Salsa Boy” laqabi bilan tanilgan bo‘lib, UFC og‘ir vazn reytingida 8-o‘rinda turadi. Uoker esa shu reytingda 12-o‘rinda qayd etilgan.
Uoker bu g‘alabadan oldin, 4-oktabr kuni UFC 332 turnirida Mik Parkinni birinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi.
Manba







