UFC Fight Night: Buckley va Malott jangi 18-oktyabrda bo‘lib o‘tadi
18-oktyabrda UFC Fight Night: Buckley vs Malott turniri bo‘lib o‘tadi, asosiy jangda Joaquin Buckley Mike Malott bilan uchrashadi.

18-oktyabr kuni Kanadaning Edmonton shahridagi Rogers Place arenasida UFC Fight Night: Buckley vs Malott turniri o‘tkaziladi. Asosiy jangda yengil o‘rta vazn (welter) toifasida Joaquin Buckley Mike Malott bilan uchrashadi. O‘zbekiston vaqti bilan turnir 02:00 da boshlanadi, asosiy kard esa 05:00 da start oladi.
Asosiy kardda ayollar o‘rtasidagi chivin vazn (flyweight) jangi ham bo‘lib o‘tadi: Erin Blanchfield Jasmine Jasudavicius bilan to‘qnashadi. Blanchfieldning rekordi 14-2-0 bo‘lib, u UFC ayollar chivin vaznida 3-o‘rinda turadi. Jasudavicius esa 15-4-0 rekordga ega bo‘lib, shu toifada 6-o‘rinda qayd etilgan.
Manba





