Daniel Kormye Usmon Nurmagomedovning Merab Dvalishvili bilan mojarodagi harakatini tanqid qildi
UFC sobiq chempioni Daniel Kormye Usmon Nurmagomedov Merab Dvalishvili bilan mojarodagi harakatlari uchun jiddiy oqibatlarga duch kelishi mumkinligini aytdi.

UFC sobiq chempioni Daniel Kormye Usmon Nurmagomedovning Merab Dvalishvili bilan bo‘lgan mojarodagi harakatlarini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, Usmon bu uchun jiddiy oqibatlarga duch kelishi mumkin va bunga o‘zi aybdor.
Kormye shunday dedi: «Bunday holatni ko‘rish juda achinarli. Biz professional sportchilarmiz. Sportimizning o‘zi yetarlicha xavfli. Men hech kimni oqlamoqchi emasman. Noto‘g‘ri xatti-harakat — baribir noto‘g‘ri».
Kormye, shuningdek, Xabib Usmon bilan jiddiy gaplashib, unga o‘zini qanday tutish kerakligini tushuntirishi kerak, deb hisobladi.
Manba








