UFC

UFC jangchisi Tommi Makmillen shifoxonaga yotqizildi

Mag‘lubiyatsiz UFC jangchisi Tommi Makmillen giyohvand moddalar dozasini oshirib yuborgani haqidagi xabarlar ortidan Arizonadagi shifoxonaga olib ketilgan.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

UFC jangchisi Tommi Makmillen shifoxonaga yotqizildi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

UFCning mag‘lubiyatsiz jangchisi Tommi Makmillen (12–0) giyohvand moddalar dozasini oshirib yuborgani haqidagi xabarlar ortidan Arizonadagi shifoxonaga olib ketilgan.

Xabarlarga ko‘ra, jangchi tungi klub hojatxonasida hushsiz holatda topilgan. Voqea joyiga politsiya chaqirilgan va unga dozani oshirib yuborish holatlarida qo‘llaniladigan shoshilinch antidot yuborilgan.

Makmillen UFCda yengil vaznda (featherweight) chiqadi va hozirgi kunga qadar 12 ta jangda mag‘lubiyatga uchramagan. Uning jangchilik taxalluci — Gun. Hozircha uning sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing