UFC

Dominik Reyes Daniel Kormyeni keskin tanqid qildi

Dominik Reyes UFC sharhlovchisi Daniel Kormyeni keskin tanqid qilib, Jon Jons uni mag‘lub etganini aytdi. Kormye esa Reyesni tinchlanishga chaqirdi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Dominik Reyes Daniel Kormyeni keskin tanqid qildi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

UFC sharhlovchisi Daniel Kormye va jangchi Dominik Reyes o‘rtasida janjal chiqdi. Reyes Kormyeni keskin tanqid qilib, uning gaplarini kim eshitishni xohlashini so‘radi va Jon Jons aynan Kormyeni, bir necha marta do‘pposlaganini aytdi.

Kormye javoban Reyesni tinchlanishga chaqirdi. U doim haqiqatni gapirishini ta’kidladi: yaxshi jang qilsa maqtashini, yomon jang qilsa tanqid qilishini bildirdi. Shuningdek, Reyesning ichida anchadan beri alam to‘planib qolganini taxmin qilib, gaplashmoqchi bo‘lsa, uni qayerdan topishini aytdi.

Kormye hozirda UFC sharhlovchisi sifatida faoliyat yuritadi. Jangchi sifatida uning rekordi 22-3-0.

Manba

Sportchilar

Yana o‘qing