Ramazan Temirov og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng sukutni buzdi
Ramazan Temirov UFC 333 turnirida Lone’er Kavanagga yutqazgach, muxlislardan uzr so‘radi.

Ramazan Temirov 24-oktyabr kuni UFC 333 turnirida Lone’er Kavanagga qarshi uchrashuvda birinchi raundning 4:28 daqiqasida texnik nokaut (TKO) bilan mag‘lub bo‘ldi.
Mag‘lubiyatdan so‘ng Temirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida murojaat qilib, bu natijani qabul qilganini aytdi va vatandoshlari kutganlarini oqlay olmaganidan uzr so‘radi.
Temirov 20 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va durrangsiz 20-3-0 rekordga ega. U UFC pashsha vaznida chiqish qiladi.
Manba






