UFC

Farid Basharat UFC’dan ketishi haqida gapirdi

Farid Basharat UFC bilan yangi shartnoma bo‘yicha normal muzokara bo‘lmaganini aytdi va promotsiyaning agressiv jangchilarga bo‘lgan yondashuvini tanqid qildi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

Farid Basharat UFC’dan ketishi haqida gapirdi
Surat: Telegram · @Jangvaqti

Farid Basharat UFC’dan ketishi haqida ochiq gapirdi. U Dana White’ning gaplariga qo‘shilmadi va UFC bilan yangi shartnoma bo‘yicha umuman normal muzokara bo‘lmaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch oy davomida unga na raqib, na jang sanasi, na yangi shartnoma taklif qilingan. Shu sababli u “ko‘p pul so‘radi” yoki “janglardan bosh tortdi” degan gaplarni rad etdi. Basharat professional karerasida 16 ta jangning hammasida g‘alaba qozongan.

Basharatning fikricha, UFC hozir ko‘proq tomoshabop, agressiv va “urush” uslubidagi jangchilarni xohlaydi. Misol sifatida u Petr Yanni keltirdi: “Petr Yan ham olti yildan beri hech kimni finish qilmagan. Bu uni zerikarli jangchiga aylantiradimi? Albatta yo‘q.” Uning asosiy fikri shuki, jangning hakamlar qarorigacha borishi jangchi zerikarli degani emas.

Manba

Sportchilar

Yana o‘qing