Islom Maxachev UFC 336 turnirida Karlos Pratesga qarshi jang qilmaydi
Islom Maxachev 2027-yil 30-yanvarda UFC 336 turnirida rejalashtirilgan chempionlik jangidan chiqdi. Sabab hozircha noma’lum.

Islom Maxachev va Karlos Prates o‘rtasidagi chempionlik jangi 2027-yil 30-yanvar kuni UFC 336 turnirining asosiy to‘qnashuvi bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Biroq Maxachev ushbu sanada jang qila olmaydi. Uning chiqib ketishining sababi hozircha noma’lum. UFC esa turnir uchun yangi asosiy jang izlamoqda.
Maxachev hozir UFC yengil o‘rta vazn toifasining chempioni hisoblanadi va pound-for-pound reytingida birinchi o‘rinda turadi. Uning rekordi 29-1-0.
Karlos Prates esa shu vazndagi UFC reytingida birinchi o‘rinda turadi. Uning rekordi 24-7-0.
Manba






