Shavkat Rahmonov UFC’ga qaytishga jiddiy tayyorlanmoqda
Shavkat Rahmonov uzoq tanaffusdan so‘ng UFC’ga qaytish uchun sport zalida intensiv mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Shavkat Rahmonov uzoq tanaffusdan so‘ng UFC’ga qaytish uchun sport zalida tinimsiz mashg‘ulotlar olib bormoqda. Uning ushbu mashg‘ulotlarini ko‘rsatuvchi video tarqatilgan.
Hozirda mish-mishlarga ko‘ra, Rahmonov 2027-yil yanvar oyida Maykl Morales bilan jang qilishi mumkin. Bu haqda rasmiy tasdiq berilmagan.
Rahmonov yarim o‘rta vazn toifasida “Nomad” laqabi bilan tanilgan va professional karerasida 19 ta g‘alaba bilan 0 ta mag‘lubiyatga ega. Morales ham yarim o‘rta vaznda UFC’da chiqish qiladi, uning rekordi 19-0-0 va reytingda UFC yarim o‘rta vazn toifasida 3-o‘rinda turadi. Agar jang tashkil etilsa, bu toifadagi yirik to‘qnashuv bo‘ladi.






