MMA

UFC 334, PFL Dubai va Pacheco – Fulghum: bu hafta yirik janglar

Bu hafta OCTAGON 93, 14-noyabrdagi UFC 334 va PFL Dubai turnirlari hamda Diego Pacheco – Darius Fulghum boks jangi bo‘lib o‘tadi.

Jang Vaqti1 daq. o‘qish

UFC 334, PFL Dubai va Pacheco – Fulghum: bu hafta yirik janglar
Surat: Telegram · @Jangvaqti

10-noyabrda Bishkekdagi Jashtyk arenada OCTAGON 93 turniri bo‘lib o‘tadi. Asosiy jang BMF Crown uchun Mukhibsho Gulobov va Daniyar Ongar o‘rtasida bo‘ladi.

14-noyabrda New Yorkda, Madison Square Garden arenasida UFC 334 turniri bo‘lib o‘tadi. Asosiy jangda Ciryl Gane og‘ir vazn chempionligi uchun Josh Hokit bilan uchrashadi. Kayla Harrison esa Amanda Nunes bilan chempionlik jangida bellashadi. Kartda Caio Borralho, Kevin Holland, Stephen Thompson va Drew Dober ham ishtirok etadi. Asosiy karta Toshkent vaqti bilan 15-noyabr kuni soat 07:00 da boshlanadi.

14-noyabrda Dubayda, Coca-Cola Arena’da PFL Dubai turniri o‘tkaziladi. Vadim Nemkov PFL og‘ir vazn kamari uchun Sergei Bilostenniy bilan to‘qnashadi. Asosiy karta Toshkent vaqti bilan taxminan 23:00 da boshlanadi.

Shu kuni Los-Anjelesdagi Dignity Health Sports Park’da super o‘rta vaznda Diego Pacheco Darius Fulghum bilan uchrashadi. Pacheco 26 ta g‘alaba, 19 ta nokaut va hozircha mag‘lubiyatsiz rekordga ega, Fulghum rekordi esa 15 ta g‘alaba va 13 ta nokaut. Jang WBC Silver va WBO International super o‘rta vazn chempionligi uchun o‘tkaziladi.

Manba
0

Izohlar

Sportchilar

Yana o‘qing