Usman Nurmagomedovga Abu-Dabida qamoq jazosi berildi
BAA sudi Usman Nurmagomedovni olti oylik qamoq jazosi va 300 ming dirham jarimaga hukm qildi, Merab Dvalishvili esa 50 ming dirham jarima to‘ladi.

BAA sudi Usman Nurmagomedov va mushtlashuvning boshqa ishtirokchilarini olti oylik qamoq jazosi hamda 300 ming dirham (taxminan 81,7 ming dollar) jarimaga hukm qildi. Jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, ular BAAni tark etishi kerak.
Merab Dvalishvili va uning do‘sti 50 ming dirham (taxminan 13,6 ming dollar) jarima bilan qutulib qolgan. Ko‘rinishidan, ular hibsdan ozod qilingan.
Mushtlashuvni telefonga tasvirga olgan ikki kishi ham olti oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Usman Nurmagomedov PFL yengil vaznida chempion bo‘lib, Merab Dvalishvili UFC xo‘roz vaznida 1-raqamli reyting sohibi hisoblanadi. U 24-oktabr kuni UFC 333 turnirida Petr Yanga yutqazgan.
Sportchilar
Yana o‘qing
MMADiyorbek Atajonov Power Slap ligasida nokaut bilan g‘alaba qozondi
MMAUsmon Nurmagomedov Merab Dvalishviliga zarba bergach, turnirdan chetlatildi
MMATsarukyan, Magomedsharipov va Sadulayev RAF Abu-Dabi turniri oldidagi media kunida
MMAFurqatbek Yoqubov yanvarda Ramazon Gairbekov bilan revansh jangini o‘tkazadi


